Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIYOT MASKANI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TA’LIM MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANDA BOG‘LAR PARVARISHI VA EKSPORT MASALALARI DIQQAT MARKAZIDA.
янв.21
Marhamat tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish.
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yashnobod tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari Xakimov Shahzodxo‘ja Davronovich hamda Shokirova Durdona Bahodir qizi boshchiligida Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📝 Tadbirda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Kerimov hamda yoshlar faollari ishtirok etib, Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

💬 Uchrashuv davomida tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi reja-grafikning mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

📋 Ta’kidlanganidek, mazkur reja-grafik asosida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, faol va tashabbuskor yoshlarni keng jalb etish, hududlardagi dolzarb muammolarni tizimli o‘rganish hamda amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📚 Shuningdek, yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, yoshlar bilan ochiq muloqot mexanizmlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💻 Reja-grafik doirasida raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar va elektron platformalar orqali yoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari uchun siyosiy-huquqiy bilimlar, liderlik, notiqlik va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida seminar-treninglar tashkil etish belgilandi.

🤝 Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish, yoshlar manfaatlarini ta’minlash hamda mahalliy Kengashlar faoliyatida ularning ishtirokini yanada kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

🔎 Yakunda mazkur chora-tadbirlar yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularning fikr va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5