Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIYOT MASKANI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TA’LIM MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANDA BOG‘LAR PARVARISHI VA EKSPORT MASALALARI DIQQAT MARKAZIDA.
янв.21
Marhamat tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish.
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
"Eski shahar" mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
"Eski shahar" mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

📍 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 25-"Eski shahar" saylov okrugi deputati Mahmud Hamroqulov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidjon Shopotixovlar ishtirokida "Eski shahar" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

📝 Qabul davomida mahalla aholisining murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, bandlik va boshqa masalalar yuzasidan taklif hamda murojaatlar qabul qilindi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

✔️ Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr va takliflari eshitildi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlash hamda nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

❗️Bunday sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Olmazor tumani mahallalarida fuqarolar bilan uchrashuvlar va qabullar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 5