Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIYOT MASKANI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TA’LIM MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANDA BOG‘LAR PARVARISHI VA EKSPORT MASALALARI DIQQAT MARKAZIDA.
янв.21
Marhamat tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish.
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
MUNOSABAT

 Strategiyaning xalqaro standartlar, jumladan INSPIRE yondashuvlari va ilg‘or jahon tajribasiga tayanilgan holda ishlab chiqilgani O‘zbekistonning bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka mutlaqo murosasiz pozitsiyasini amalda namoyon etadi. Mamlakatning Bogota chaqiruviga qo‘shilishi va Pathfinding xalqaro alyansiga a’zo bo‘lishi esa ushbu yo‘nalishdagi siyosiy iroda va xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarning izchil bajarilayotganini tasdiqlaydi. 

Strategiya doirasida zo‘ravonlik holatlarini barvaqt aniqlash, tezkor va samarali javob choralarini ko‘rish, profilaktika va doimiy monitoringni qamrab olgan kompleks tizimning joriy etilishi bolalarni himoya qilish sohasida sifat jihatidan yangi natijalarga erishish imkonini beradi. Oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalarni imkoni boricha oilaviy muhitda tarbiyalashga ustuvorlik berilishi esa insonparvar va ijtimoiy yo‘naltirilgan yondashuvning yaqqol ifodasidir. 

Shuningdek, bepul yuridik yordam ko‘rsatish, tergov va sud jarayonlarida ijtimoiy xodimlar ishtirokini ta’minlash, bolaning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan huquqiy kafolatlarning mustahkamlanishi bola huquqlarini himoya qilishda amaliyotning samaradorligini oshiradi. “Xavfsiz maktab” konsepsiyasining joriy etilishi, bulling va raqamli zo‘ravonlikka qarshi choralarning kuchaytirilishi esa ta’lim muhitini bolalar uchun xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi makonga aylantirishga xizmat qiladi. 

Umuman olganda, ushbu Strategiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonda bolalarni har tomonlama himoya qilish, ularning sog‘lom, xavfsiz va munosib muhitda kamol topishini ta’minlash yo‘lidagi muhim va uzoq muddatli qadam bo‘lib, uning izchil amalga oshirilishi kelgusida jamiyat barqarorligi va
inson kapitali rivojiga xizmat qiladi.
   

Xonimjon Rajabova, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi.