Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marhamat tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish.
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla yettiligi hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
Doimiy_komissiya_majlisi
Termiz tumanida kuz–qish mavsumiga puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Termiz tumanida kuz–qish mavsumiga puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

 Aholi, ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar doirasida bir qator yo‘nalishlarda monitoring, o‘rganish va amaliy choralar belgilab borilmoqda.

Shu maqsadda, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Termiz tuman Kengashi raisi G. Shafoatova tashabbusi bilan Termiz tuman hududidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida maktabning isitish tizimi, elektr tarmoqlari, deraza-romlarining holati, sinf xonalarining yoritilishi, xavfsizlik talablari, shuningdek, hududning obodonlashtirilganlik darajasi batafsil ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasining sovuq mavsumda uzluksiz va xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini belgilashdan iboratdir. O‘rganish davomida mas’ullar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’minot tizimidagi ba’zi texnik nosozliklar, ta’mir talab joylar va boshqa ayrim muammoli jihatlar ko‘rsatib o‘tildi.

Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida ijobiy hal etish, o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda ta’lim jarayonining sifatli davom etishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi va jarayon to‘liq nazoratga olindi.

Slide 1 of 5