35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIYOT MASKANI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TA’LIM MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANDA BOG‘LAR PARVARISHI VA EKSPORT MASALALARI DIQQAT MARKAZIDA.
янв.21
Marhamat tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish.
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Chinoz tumani. Deputatlar tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida mavsumiy tayyorgarlik masalalari tahlil qilindi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Narimon Umarov, “Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Dilshod Ismoilov hamda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Asqar Baxramov va Abdumalik Aliyevlar tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

📝Tashrif davomida muassasaning infratuzilmasi, isitish tizimlari, dori-darmon zaxiralari hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati atroflicha o‘rganildi.

♻️Mutasaddilar tomonidan mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, ayniqsa mavsumiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

✅Mazkur o‘rganish tibbiyot muassasasining faoliyatini yanada takomillashtirish va aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning izchil davom ettirilishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3