35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIYOT MASKANI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TA’LIM MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANDA BOG‘LAR PARVARISHI VA EKSPORT MASALALARI DIQQAT MARKAZIDA.
янв.21
Marhamat tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish.
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
#faxr

Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz, faxru iftixorimiz, birdamligimiz ramzi

1991-yil 18-noyabr sanasi yurtimiz tarixida abadiy muhrlangan kundir. Mazkur sanaga bag‘ishlab, “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida respublikamiz bo‘ylab madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, yoshu keksani birlashtiruvchi loyihalar yuqori ko‘tarinkilikda o‘tmoqda.  

Xususan, bugun Nurafshon shahrida muhtasham davlat bayrog‘i o‘rnatilgan maydonda sana munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimligi mas’ullari, boshqarma va tashkilotlar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, harbiylar, nuroniylar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Tantanali marosim davlatimiz bayrog‘iga bo‘lgan chuqur hurmat ramzi sifatida harbiy orkestr ijrosidagi marsh sadolari bilan boshlandi va ko‘tarinki ruhdagi parad barcha ishtirokchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

Maydon uzra davlat madhiyasi yangradi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etdi. 

Davlat bayrog‘i — shunchaki rangli mato emas, balki xalqimizning azaliy qadriyatlari, ezgu orzu-umidlari va tinch, farovon kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramz ekanini alohida qayd etdi viloyat hokimi o‘z so‘zida. 

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz bo‘ylab an’anaviy “Bayroq estafetasi” ham keng ko‘lamda davom etmoqda. Kuni kecha muqaddas bayrog‘imiz viloyatimiz jamoatchiligi, nuroniylar, yoshlar va keng aholi ishtirokida tantanali ravishda qabul qilinib olindi. Bayrog‘imizga bo‘lgan hurmat va e’tibor ushbu tadbirlarda yuksak ruhda, samimiyat va faxr-iftixor bilan namoyon bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir Davlat bayrog‘imiz — mustaqilligimizning timsoli, xalqimiz g‘ururi, milliy o‘zligimiz va shonli tariximiz ifodasi ekanligini ta’kidladi hamda Vatanni, ezgu insoniy qadriyatlarni madh etuvchi she’rlaridan parchalar o‘qidi. 

San’atkorlarning chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. 

Tantanali tadbir qatnashchilari yuksak ruh, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yana bir bor dildan his etdilar.

Slide 1 of 1