Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIYOT MASKANI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TA’LIM MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANDA BOG‘LAR PARVARISHI VA EKSPORT MASALALARI DIQQAT MARKAZIDA.
янв.21
Marhamat tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish.
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Mahalliy kengashlar o‘rtasida samarali tajriba almashinuvi boshlandi

Mahalliy kengashlar o‘rtasida samarali tajriba almashinuvi boshlandi

Bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi bosh mutaxassisi Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalliy kengashlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlar bilan ishlash jarayonlarini yanada samarali yo‘lga qo‘yish hamda ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Buxoro shahar Kengashining kotibiyati faoliyati, deputatlarning saylov okruglaridagi ish rejasi, murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy usullari va jamoatchilik bilan muloqot mexanizmlari atroflicha o‘rganildi.

Mazkur tashrif ikki hudud o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, mahalliy kengashlarning ish samaradorligini oshirish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3