Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi.

Suv resurslaridan samarali foydalanish, mahallalarda ekologik muhitni yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ana shunday tashabbus doirasida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, 5-“Qaliya” saylov okrugidan saylangan deputat B. Toshpo‘latov tomonidan “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘ini “yettiligi”, shuningdek, Jizzax shahar obodonlashtirish boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida muhim o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganishlar davomida “Qaliya” mahallasidan oqib o‘tuvchi qadimiy “Qaliya” arig‘ining holati o‘rganilib, uni betonlash va tozalash orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra ariqning 1,5 kilometr uzunlikdagi qismida bosqichma-bosqich ta’mirlash, betonlashtirish, tozalash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirildi. Ushbu tashabbus nafaqat suv resurslaridan oqilona foydalanish, balki hududning ekologik holatini yaxshilash, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga ham xizmat qiladi. Deputat va mutasaddi tashkilotlar tomonidan belgilangan rejalar asosida amalga oshiriladigan bu ishlar mahalla aholisi tomonidan iliq kutib olindi va keng jamoatchilik ishtirokida bajarilishi ko‘zda tutilmoqda. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra ariqning 1,5 kilometr uzunlikdagi qismida bosqichma-bosqich ta’mirlash, betonlashtirish, tozalash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirildi. Ushbu tashabbus nafaqat suv resurslaridan oqilona foydalanish, balki hududning ekologik holatini yaxshilash, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga ham xizmat qiladi. Deputat va mutasaddi tashkilotlar tomonidan belgilangan rejalar asosida amalga oshiriladigan bu ishlar mahalla aholisi tomonidan iliq kutib olindi va keng jamoatchilik ishtirokida bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 5