Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Saylovchi murojaati – amaliy yechimda

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Muzaffarjon Raimdjanov Bahrin mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholi tomonidan bildirilgan muhim murojaatlarni doimiy nazoratga olib kelmoqda.

Jumladan, Bahrin mahallasi Zavqiy ko‘chasiga kanalizatsiya tizimini o‘tkazish yuzasidan tushgan murojaat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida masalaga ijobiy yechim topilib, deputat tashabbusi bilan bugungi kunda ushbu ko‘chada kanalizatsiya quvurlarini o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, sanitariya holatini yanada mustahkamlash hamda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Saylovchi bilan muloqot — muammo va yechim o‘rtasidagi ko‘prikdir.

Slide 1 of 5