Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuvi
янв.21
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Joriy yilning 14--aprel sanasida, xalq deputatlari Boyovut tumani 19- U.Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat Gulsara Rizayeva o‘z saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat 2025-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, bajarilgan vazifalar va dolzarb masalalar yuzasidan batafsil axborot berdi.

Tadbirda saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, taklif va mulohazalarini bildirishdi. 

‼️ Uchrashuv davomida ko‘tarilgan muammo va masalalar:

1. “Mirishkor” mahallasidagi “Nurli zamin” ko‘chasidagi yaroqsiz elektr simyog‘achlarni almashtirish;

2. “Mirishkor” mahallasidagi “Nurli zamin” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining yarmiga ichimlik suvi yetib bormagan.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, deputat va saylovchilar o‘rtasida o‘zaro muloqot mustahkamlandi.

Uchrashuvdan so‘ng deputat G.Rizayeva uchrashuvda ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda joylarga tashrif buyurdi va ko‘zdan kechirdilar. O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 7