Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MA’ORIF MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — ODDIY XAT EMAS!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
MADANIYAT BO‘LIMI TASARRUFIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI HAM DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK VA YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT SOHASIDAGI FAOLIYAT, YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
Kengash_faoliyati

SOG‘LOM HAYOT SARI YANGI QADAM: BANDIXONDA ZAMONAVIY FITNES MARKAZI ISH BOSHLADI

🚨Bandixon tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlar va xotin-qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun munosib sharoitlar yaratish borasida yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. Tumanda zamonaviy andozalar asosida jihozlangan yangi fitnes sport zali tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

🚨Yangi sport maskanining ochilish marosimida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, mahalla nuroniylari hamda sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

🚨Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan yuksak e’tibor aholi salomatligini mustahkamlashda bosh omil bo‘layotganini ta’kidladilar. Mazkur fitnes zali nafaqat yoshlar, balki nuroniylar, davlat xizmatchilari va xotin-qizlar uchun ham ochiq bo‘ladi. Xususan, ayollarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun alohida vaqt ajratilib, har kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar faqatgina xotin-qizlar uchun xizmat ko‘rsatilishi belgilandi.

✅Chempionlar e’tirofi

🚨Ochilish marosimi doirasida tuman sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilib kelayotgan yosh sportchilarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Jumladan, joriy yilning 13–18-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 6 nafar bandixonlik yosh sportchi, shuningdek, paraolimpiya yo‘nalishidagi "Special Olimpiada"da faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan qahramonlarimizga tuman hokimligining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🚨Ushbu yangi sport maskani Bandixon ahlining jismoniy faolligini oshirish, mazmunli hordiq chiqarish va yangi chempionlarni kashf etish yo‘lida muhim bazaga aylanishi shubhasiz.

Slide 1 of 7