Jamoatchilik muhokamasi: Mahalliy Kengash qarorlari uchun ikki xil tartib
Mahalliy Kengash qarorlari qabul qilinishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi kerak. Bunda muddatlar qarorning turiga qarab belgilanadi:
📄 Normativ qarorlar (umummajburiy normalar) — 15 kun
Asos: «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonun, 24-modda.
💰 Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalariga oid takliflar — 10 kun
Asos: Prezidentning 2022 yil 14 fevraldagi PQ–128-son qarori, 8-band «b» kichik band.
❗️ Muhim: qaror normativ bo‘lmasa ham, qonunchilikda maxsus talab belgilangan bo‘lsa, jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi shart.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!