Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarining zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlanishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil olib borilmoqda.

Ana shunday o‘rganishlardan biri 3-Guliston saylov okrugidagi deputat S.Azizovga biriktirilgan Marg‘ilon shahar tumanlararo perinatal markazida tashkil etildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida markaz rahbari F.Ahmadjonova bilan suhbat o‘tkazilib, muassasada bemorlarni, xususan, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish hamda dori-darmon vositalari bilan bepul ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Markaz rahbari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, muassasada jami 360 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ularning 35 nafari vrachlar, 192 nafari o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat. Qolgan xodimlar boshqa lavozimlarda mehnat qiladi.

Shu bilan birga, bugungi kunda markazda qator yo‘nalishlar bo‘yicha vrach mutaxassislarga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi. Malakali tibbiyot kadrlarini jalb etish va mavjud ehtiyojlarni bartaraf etish aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim omillardan biridir.

O‘rganish davomida muassasadagi liftlarning ishlash holati ham ko‘zdan kechirilib, ularning amaldagi faoliyati bilan tanishildi. Liftlarning soz va uzluksiz ishlashi, ayniqsa, homilador ayollar hamda tibbiy yordamga muhtoj bemorlar uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 3