Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov shahar hokimi o‘rinbosari N.Nasimov bilan birgalikda 4-son texnikumda bo‘lib, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, to‘garaklar faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

О‘rganish davomida texnikumda o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar, darsdan tashqari faoliyat hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 4-son texnikumda 1 950 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ta’lim muassasasida o‘quvchilarning yashashi va ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida 160 o‘rinli talabalar yotoqxonasi ham faoliyat yuritmoqda.

Yoshlarning bilimini mustahkamlash, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni turli yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlash maqsadida texnikumda 18 ta fan to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu to‘garaklar o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilimlarini chuqurlashtirish hamda o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4 ta sport to‘garagi faoliyati tashkil etilgan. Bu esa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, jamoada ishlash va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6