Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MA’ORIF MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — ODDIY XAT EMAS!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
MADANIYAT BO‘LIMI TASARRUFIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI HAM DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK VA YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT SOHASIDAGI FAOLIYAT, YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
DILOROM MAHALLASIDA MAHALLA FAOLIYATI VA HUDUDNING SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

#deputat_nazorati
#deputat_faoliyati #ekspert_guruhi
#24_ta_muhim_masala

DILOROM MAHALLASIDA MAHALLA FAOLIYATI VA HUDUDNING SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova, tuman ekologik partiya tashkiloti rahbari F.Niyazmetova hamda ekspert guruhi a'zosi M.Abdullayev Dilorom mahallasi binosida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, hududdagi mavjud muammolar hamda aholi murojaatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shundan so‘ng, mahalla hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi. Chiqindi yig‘ish maydonchalarining sanitariya holati va tozaligi ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida hududda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 4