Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
#murojaatvayechim #deputatnazorati

Bugun Olmaliq shahridagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli va ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida hudud fuqarolarining murojaatlari, taklif hamda muammolari atroflicha tinglandi.

Fuqarolar tomonidan asosan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kommunal soha, ijtimoiy yordam va hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar o‘rtaga tashlandi.
Yuzaga kelgan masalalarga tezkor va samarali yechim topish maqsadida deputat Abdujabbor Djurayev va mahalla raisi hamkorligida har bir murojaat birma-bir tahlil qilindi. Bildirilgan muammolarni hal etish yuzasidan aniq ijro choralari belgilab olindi.

Joyida hal etish imkoni bo‘lgan masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2