Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
#reja ijrosi #deputat nazorati #24_ta_tavsiya

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sanjar Mamayusupov tomonidan tavsiyaviy 24 ta muhim yo‘nalish doirasida shahrimizdagi "Bolajon" istirohat bog‘ida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida bog‘ning bugungi kundagi holati, mavsumiy faoliyati, infratuzilmasi va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi va ko‘zdan kechirildi:
🍂Yozgi mavsum yakunlangani sababli istirohat bog‘i bugungi kunda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.
🎡 Qishki va mavsumlararo davrda fuqarolar, ayniqsa, bolajonlar xavfsizligini ta’minlash hamda texnikalarni asrab-avaylash maqsadida atraksionlar atrofi o‘rab qo‘yilgan.
💡 Bog‘ hududidagi yoritish chiroqlarining sozligi, tunda xavfsiz harakatlanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
🚶‍♂️ Aholi sayr qilishi uchun mo‘ljallangan piyodalar yo‘laklarining sifati va umumiy holati atroflicha o‘rganildi.

Yoz mavsumi tugagan bo‘lsada, bog‘ hududida tartib va xavfsizlikni saqlash, mavsumlararo davrda ham infratuzilmani soz holatda ushlab turish hamda kelgusi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli mas’ullarga deputatlik tavsiyalari berildi.

Slide 1 of 5