Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan tumanning “Barraj” mahallasidagi “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasida saylangan deputat B.Kamalov tomonidan o‘rganildi.

🔻Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi S.Ashirmetov ma’lumotlarga ko‘ra, mahalladan jami 55 ta oila “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan bo‘lib, shundan 15 tasi davlat ta’minotidagi oilalar, 34 tasi kambag‘al oilalar hamda 6 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

🔻Shuningdek, joriy oy boshidan buyon amalga oshirilgan ishlar natijasida 2 ta davlat ta’minotidagi, 1 ta kambag‘al hamda 1 ta kambag‘allik chegarasidagi oila reyestrdan chiqarilgan. Bu esa oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning mavjud muammolarini hal etish va ehtiyojmandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.

🔻O‘rganish jarayonida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, reyestrga kiritilgan oilalarning ehtiyojlarini o‘rganib borish, ularni mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilalarning turmush darajasini yaxshilash va ularning barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish borasidagi ishlarni o‘rganish davom ettiriladi.

Slide 1 of 1