Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ONA VA BOLA SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
PIYODALAR YO‘LAGI BILAN BOG‘LIQ MUROJAAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB AXBOROT BERDI.
янв.21
SEYSMIK XAVFSIZLIK TALABLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
🚧 Deputatlik so‘rovidan so‘ng ko‘prikni ta’mirlash ishlari boshlandi

 Deputatlik so‘rovidan so‘ng ko‘prikni ta’mirlash ishlari boshlandi

➡️ Oldin xabar berilganidek Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan “Yangi makon” OFY hududidagi “Keneges” kanali ustidan o‘tuvchi, “Ketmonchi bobo” qabristoni yaqinida joylashgan ko‘prikning avariya holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

🛠 Bugun mazkur ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borildi. Bu ishlar avval ko‘tarilgan masalaning amaliy jihatdan ko‘rib chiqilayotganini ko‘rsatadi.

📍 Deputatlik so‘rovida ko‘prikni ta’mirlash yoki qayta qurish masalasiga e’tibor qaratilib, mahalla aholisi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini yaratishda amaliy yordam so‘ralgan edi.

🤝 Aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma muammolarini ko‘tarish, ularning hal etilishi jarayonini kuzatib borish va mas’ul tashkilotlar e’tiborini dolzarb masalalarga qaratish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4