Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abduraxmonovaning 25-Orolbo‘yi saylov okrugidagi “Orol bo‘yi” mahallasida ko‘cha yoritish chiroqlari holatiga oid deputat so‘roviga Marg‘ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan rasmiy javob keldi.

Eslatib o‘tamiz, mahallada o‘tkazilgan o‘rganish davomida ayrim ko‘chalarda tashqi yoritish chiroqlari eskirgani yoki ishlamayotgani aniqlangan edi. Bu holat, ayniqsa kechqurun maktab o‘quvchilari va keksa yoshdagi aholining xavfsiz harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirgan. Shu sababli 2026-yil 21-sentabrda Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilgan.

Deputat so‘rovi natijasida mahalla ko‘chalarida yoritish ishlari tartibga solinmoqda. Ishlarning bajarilishi deputat nazoratida qoladi.

Slide 1 of 1