Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputat_mahallada

🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 6-okrug deputati T.Xoliqov tomonidan “Abdujalilbob” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadonlari o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida mahalla hududining tozaligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda tomorqa yerlaridan samarali va to‘g‘ri foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔰Shuningdek, fuqarolarga tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, hudud obodonchiligi va sanitariya holatiga rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Temir yo‘l hududi tomondagi tomorqalarni devor bilan o‘rash masalasida ham fuqarolar ogohlantirildi.

🔰O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6