Sentabr oyida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi faoliyati deputatlik nazorati, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar bilan davom etdi.
Oy davomida 1 ta sessiya o‘tkazilib, 4 ta masala ko‘rib chiqildi va ular yuzasidan 4 ta qaror qabul qilindi.
Deputatlar tomonidan 20 ta deputat so‘rovi yuborilib, muammoli masalalarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, doimiy komissiyalarning 9 ta yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bugungi kunda Kengashda 25 ta deputatlik o‘rni mavjud bo‘lib, shundan 24 tasi amaldagi deputatlar tomonidan egallangan, 1 ta o‘rin vakant.