“Do‘stlik” MFYdagi muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna tomonidan “Do‘stlik” MFY saylovchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Taxiatosh tumani hokimi o‘rinbosari F.Bekjanovga deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovda fuqarolar murojaatlari asosida quyidagi masalalarga aniq va asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan:
🔹 Toshkent (oldingi Seytmuratov) ko‘chasi bo‘yidagi yangi qurilgan trotuar — fuqarolar tomonidan uning belgilangan talablarga javob bermasligi yuzasidan murojaatlar kelib tushayotgani qayd etilib, ushbu holat bo‘yicha hozirgi kunda qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot so‘ralgan.
🔹 “Do‘stlik” MFYdagi asfaltlash ishlari — Islom taraqqiyot banki va OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMTTD hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida “Mahallani rivojlantirish rejasi yangilash bayonnomasi”da keltirilgan asfaltlash ishlari qachon boshlanishi yuzasidan aniq ma’lumot so‘ralgan.
📝 Mazkur masalalar bo‘yicha beriladigan javoblar asosida saylovchilarga tegishli axborot taqdim etiladi.
📌 Deputat so‘rovi ijrosi deputatlik nazoratida.