Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
🚴♂️ Mahallalar bo‘ylab velosipedda: tuman hokimi hududlar holatini o‘rgandi
Sherobod tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.
⚡️Bugun Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich xizmat avtomobilidan foydalanish o‘rniga velosipedda harakatlanib, tumanning “Buyuk Ipak yo‘li” va “Bahor” mahallalari hududlarini ko‘zdan kechirdi.
🚴♂️ Velosipedda harakatlanish — nafaqat sog‘lom turmush tarzi, balki shaxsiy namuna hamdir.
Mazkur tashabbus orqali: ➡️ jismoniy faollikni oshirish; ➡️ sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilish; ➡️ avtomobillardan foydalanishni imkon qadar kamaytirish; ➡️ atrof-muhitga salbiy ta’sirni qisqartirish; ➡️ aholida ekologik madaniyat va mas’uliyatni kuchaytirish maqsad qilinmoqda.
🌿 HUDUDNI VELOSIPEDDA AYLANIB, MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANISH
➡️Velosipedda harakatlanish davomida tuman hokimi “Buyuk Ipak yo‘li” va “Bahor” mahallalaridagi obodonlashtirish ishlari, ko‘chalar va yo‘l yoqalarining holati, hududlarning tozaligi hamda mavjud kamchiliklarni ko‘zdan kechirdi.
➡️Shuningdek, avval berilgan topshiriqlar ijrosi joyida o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va hududlarning tashqi qiyofasini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🚴♂️ HARAKATDA — SOG‘LOM HAYOT, NATIJADA — OBOD HUDUD!
➡️Rahbarning bunday tashabbus bilan shaxsan o‘zi namuna ko‘rsatishi aholida sog‘lom turmush tarziga qiziqishni oshirish, velosipeddan foydalanish madaniyatini kengaytirish hamda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
🌱 Sog‘lom hayot sari har bir harakat — obod va musaffo kelajak sari qadam! O‘zingizdan boshlang. Velosipedda harakatlaning, sog‘lom bo‘ling!