Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yu. tomonidan fuqarolarning murojaatlari, xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga kredit ajratish masalalari yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝O‘rganish jarayonida bank agenti bilan suhbat o‘tkazilib, xotin-qizlarning kredit olish imkoniyatlari, mavjud murojaatlari hamda ularni hal etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🔎Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni amaldagi tartiblar asosida ko‘rib chiqish, kredit olish istagidagi xotin-qizlarga zarur tushuntirish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.

📌Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishini ta’minlash yuzasidan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2