🌱 YOSHLAR — KELAJAK BUNYODKORI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-“Poshxurt” saylov okrugi deputati I. Nuriddinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
💬 Uchrashuv doirasida “Yoshlar — kelajak bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etilib, unda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, kelajakdagi maqsadlari, ta’lim va kasb-hunar egallash, tashabbuskor va faol bo‘lish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Samimiy muloqot davomida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi tashabbuslarini rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlandi.
✨ Bugungi yoshlarning bilim va intilishi — ertangi taraqqiyot poydevoridir!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube