Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
BARQAROR ISH O‘RNI — OILALAR DAROMADINING MUHIM MANBAI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida #fuqarolar_qabuli #bandlik_masalasi #partiya_guruhlari

BARQAROR ISH O‘RNI — OILALAR DAROMADINING MUHIM MANBAI

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmoni bilan aholi bandligini ta’minlash, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, oilalar daromadini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

🇺🇿 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari, "13-Uchtepa" saylov okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan o‘zi faoliyat yuritayotgan korxonasida aholini doimiy ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

↗️ Deputatning amaliy tashabbusi va ko‘magida 8 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘lib, ularning oilaviy byudjetiga muntazam daromad kirib kelishini ta’minlaydigan barqaror manba yaratildi.

🤝 Mazkur amaliy ishlar Prezident Farmonida belgilangan vazifalarni joylarda ta’minlash, aholi bandligini oshirish va oilalar daromadini ko‘paytirishda deputatlarning faol ishtiroki muhim ekanini ko‘rsatmoqda.

📈 Deputat Jamshid Karimov tomonidan aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3