Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — qonunda belgilangan talablarning joylarda qay darajada amalga oshirilayotganini tahlil qilish, to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashdan iborat.
🔹 O‘rganish davomida to‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish, qarzdorlik bilan bog‘liq masalalarni qonuniy tartibda hal etish, kreditorlar va qarzdorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, qonun talablarining ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

⚖️ Ta’kidlash joizki, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilikning to‘g‘ri va samarali ijro etilishi tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, kreditorlar talablarini qonuniy tartibda qondirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📍 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan qonun hujjatlarining joylarda ijro etilishi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan o‘rganish va nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 3