Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
DEPUTATLIK NAZORATI: 13-SONLI MAKTAB FUTBOL MAYDONINI TA’MIRLASH OLDIDAN HOLAT JOYIDA O‘RGANILDI

#Qaror_Ijrosi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ DEPUTATLIK NAZORATI: 13-SONLI MAKTAB FUTBOL MAYDONINI TA’MIRLASH OLDIDAN HOLAT JOYIDA O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov hamda tuman Kengashi deputati D. Asadullayev Shayxontohur tumanidagi “Samarqand Darvoza” mahallasida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabining sun’iy futbol maydonida ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin o‘rganish olib bordilar.

📝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 16-martdagi qaroriga asosan, mazkur maktabning sun’iy futbol maydonida joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish belgilangan.

🔎 O‘rganish davomida Aziz Ibragimov stadionning bugungi texnik holati, sun’iy qoplamaning yaroqliligi, maydon atrofidagi to‘siqlar hamda yoritish tizimlarini bevosita joyida ko‘zdan kechirdi. Ta’mirlash jarayonida ishlarning sifati va belgilangan talablarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

🏗 Shuningdek, ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish masalasi muhokama qilinib, bu boradagi jarayonlar deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi maktab rahbariyatiga ma’lum qilindi.

🔺 Mazkur ishlar yakunlangach, o‘quvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sport maydonini yaratish, jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanish uchun mavjud sharoitlarni yaxshilash ko‘zda tutilgan. Bu, o‘z navbatida, bolalar va yoshlarning sportga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda maktab sport infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

🗣 O‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablaridagi sport obyektlari hamda ularning jihozlari holatini o‘rganish, shuningdek, hududdagi muhim masalalarni bevosita joyiga chiqib ko‘rib chiqish vazifalari bilan hamohang olib borildi.

🤝 Aziz Ibragimov ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini yaxshilash yoshlarning jismoniy faolligi uchun munosib sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5