35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sharoitlar va qishga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Qirguli mahallasida chiqindilar bilan bog‘liq murojaat ham o‘rganildi .
янв.21
Qirguli mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar bilan bir qatorda, yoshlar bilan ishlash tizimi ham o‘rganildi.
янв.21
#doimiy_komissiya 📢 E’LON
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Yoyilma mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Toshkesar mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda aholining muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda qonun hujjatlari ijrosini bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tartibda bartaraf etish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.
Qirguli mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar bilan bir qatorda, yoshlar bilan ishlash tizimi ham o‘rganildi.

Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi D.Qodirovaning faoliyati, yoshlarning murojaatlari va muammolari bilan ishlash, ularni bandlikka yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish borasidagi ishlari tahlil qilindi.

Qirguli mahallasida jami 1 073 nafar yosh istiqomat qiladi. Mazkur toifadagi aholi bilan tizimli ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yoshlar yetakchisi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-son Qonunida belgilangan vazifalarga ham e’tibor qaratildi. Mazkur qonunda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish, bandligi uchun shart-sharoit yaratish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Shuningdek, qonunda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar sportini rivojlantirish hamda yoshlarni turli zararli ta’sirlardan himoya qilishga qaratilgan vazifalar ham nazarda tutilgan.

Mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rganishda aynan ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi. Yoshlarning ehtiyojlarini o‘rganish, ularni mavjud imkoniyatlar asosida kasb-hunarga va daromadli mehnatga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, mahallada bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar yoshlar bilan ishlash tizimi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Hududdagi tadbirkorlik subyektlari, hunarmandchilikka ixtisoslashgan xonadonlar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va yangi ish o‘rinlaridan yoshlarni samarali foydalanishga yo‘naltirish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisining mahalla yettiligi va boshqa mas’ullar bilan hamkorligi, yoshlar muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borayotgan ishlari yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlik o‘rganishida yoshlar bilan ishlashda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, har bir yoshning qiziqishi va ehtiyojidan kelib chiqib individual yondashuvni kuchaytirish, ayniqsa, ishsiz va ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalari asosida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi va tegishli masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3