Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayolning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilishi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirkorning faoliyatini yanada rivojlantirish jarayonida duch kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi.
Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.