Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxasisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati N.Xamidovalar tomonidan Xalqaobod mahallasi hududidagi do‘konlarida aholi iste’moli uchun sotuvga chiqarilgan tez buziladigan mahsulotlarning saqlanish holati va yaroqlilik muddatlari o‘rganildi.O‘rganish davomida sut va sut mahsulotlari, go‘sht mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, muzlatilgan oziq-ovqatlar hamda boshqa tez buziladigan mahsulotlarning saqlash sharoitlari, sanitariya talablariga rioya etilishi va mahsulotlarning yaroqlilik muddatlari tahlil qilindi. Tekshiruv jarayonida ayrim savdo nuqtalarida mahsulotlarni saqlash va joylashtirishda belgilangan talablarga to‘liq amal qilinmayotganligi, mahsulotlarning yaroqlilik muddatlarini doimiy nazorat qilish ishlarini yana-da kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, xaridorlarga xavfsiz va sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari va mas’ullarga tegishli tushuntirishlar berilib, qonunchilik talablariga muvofiq choralar ko‘rish hamda mahsulotlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
O‘rganish yakunida aholi salomatligini muhofaza qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va savdo nuqtalarida oziq-ovqat xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4