Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazoratini tashkil etishning amaliy mexanizmlari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sharoitlar va qishga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Qirguli mahallasida chiqindilar bilan bog‘liq murojaat ham o‘rganildi .
янв.21
Qirguli mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar bilan bir qatorda, yoshlar bilan ishlash tizimi ham o‘rganildi.
янв.21
#doimiy_komissiya 📢 E’LON
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Yoyilma mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
G‘OZG‘ON SHAHRIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo‘rayev Tumar mahallasida barpo etilayotgan yangi Dehqon bozori qurilishida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdi.

O‘rganish davomida bozor hududida olib borilayotgan qurilish ishlari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda bozor hududida beton qoplamalar yotqizish, savdo do‘konlarida esa ichki pardozlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, jarayon davomida tegishli mas’ullar hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, yangi bozor faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish va ishlarni jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilab berildi.

Yangi dehqon bozorining ishga tushirilishi aholi uchun savdo xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda shaharda zamonaviy savdo infratuzilmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8