Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi Uchqun Yelmuratov ishtirokida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👤 Uchrashuvda “Asakabank” AJ boshqaruv raisi maslahatchisi Alisher Boymurodov ham ishtirok etib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladi.

📊 Mahalladagi kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar:
🔹 Ayni paytda mahallada 26 nafar fuqaro kambag‘allik reestrida mavjud.

✅ Bugunga qadar 8 nafar fuqaroning muammolari ijobiy hal etilib, ular ishga joylashtirildi va kambag‘allik reestridan chiqarildi.

📝 Shuningdek, yana 5 nafar fuqaroning murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

💬 Uchrashuv davomida 10 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan bandlik, farzandlar ta’limi hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

🏭 Fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqib, ularni xususiy sektor korxonalariga hamda kvota asosida sanoat korxonalariga ishga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

🎯 Bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadi — fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish, ularni manzilli hal etish, yangi ish o‘rinlariga yo‘naltirish va oilalar daromadini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishdan iborat.

Slide 1 of 5