35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalar, mavjud muammolar va aholi manfaatlariga daxldor holatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
“MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/kengash_margilon/6388?single) 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida deputatlik o‘rganishi davomida Turon MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasida ayollar poyabzali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdullohning murojaati o‘rganilgan edi.
янв.21
EKOLOGIK QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Bugun 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputatiA.Mahkamov Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova bilan birgalikda saylov okrugi hududidagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

Deputatlik o‘rganishlari davomida saylov okrugi hududida joylashgan Marg‘ilon temir yo‘l vokzaliga ham alohida e’tibor qaratildi. Zero, temir yo‘l vokzali shaharning muhim transport infratuzilmasi obyektlaridan biri bo‘lib, undan har kuni ko‘plab fuqarolar, shuningdek, Marg‘ilonga tashrif buyuruvchi mehmonlar foydalanadi. Shu bois mazkur maskanda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda hududning obodonlashtirilgan holatini doimiy nazorat qilib borish muhim ahamiyatga ega.

O‘rganish jarayonida yaqinda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari yakunlangan vokzal binosi va uning atrofidagi hudud ko‘zdan kechirildi. Vokzal rahbari bilan suhbat davomida amalga oshirilgan ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kutish zallari, chiptaxona hamda boshqa xizmat ko‘rsatish nuqtalarining faoliyati haqida ma’lumotlar olindi. Shuningdek, yaratilgan sharoitlardan fuqarolarning foydalanish darajasi, xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish davomida hududning tozaligi va obodonligi, vokzalga tutash joylarda fuqarolar uchun qulay muhitni ta’minlash, aniqlanishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Chunki amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining samarasi nafaqat yangi va chiroyli infratuzilma yaratish, balki undan keyingi davrda ushbu sharoitlarni sifatli saqlash, xizmat ko‘rsatish darajasini barqaror ta’minlash bilan ham belgilanadi.

Deputatlar o‘rganish jarayonida aholi manfaatlari, avvalo, joylardagi real holatni ko‘rish va mavjud masalalarga amaliy yechim topish orqali ta’minlanishini ta’kidladilar. Ayniqsa, aholi gavjum bo‘ladigan ijtimoiy va infratuzilmaviy obyektlarda fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish, ularning taklif va murojaatlarini tinglash hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan ishlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Bugungi o‘rganishlar ham deputatlik faoliyatining joylardagi amaliy ifodasi bo‘lib, unda muammolarni shunchaki qayd etish emas, balki ularni aniqlash, mas’ullar e’tiboriga yetkazish va yechimiga erishish asosiy maqsad qilib belgilangan. Zero, deputatning saylovchilar oldidagi mas’uliyati, avvalo, hududdagi real vaziyatni bilish, odamlar bilan muloqot qilish va ularning kundalik hayotiga daxldor masalalarni hal etishga ko‘maklashish bilan namoyon bo‘ladi.

16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik o‘rganishlari bundan buyon ham izchil davom ettirilib, aholini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy obyektlar holati, infratuzilma va fuqarolarning murojaatlari deputatlik nazorati doirasida muntazam ravishda o‘rganib boriladi. Asosiy maqsad esa bitta — saylovchi murojaati e’tiborsiz qolmasligi, aniqlangan muammo yechimsiz qoldirilmasligi va hududda insonlar uchun yanada qulay sharoit yaratish.

Slide 1 of 4