🔎 O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, tushumlar va ulardan foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
💰 Moliyaviy holat:
▫️ 2026-yil 1-yanvar — 4,4 mln so‘m qoldiq;
▫️ 31-iyul holatiga tushum — 30,05 mln so‘m;
▫️ sarflangan mablag‘ — 23,21 mln so‘m;
▫️ mavjud qoldiq — 11,25 mln so‘m.
📌 Shuningdek, soliq inspektorining:
— soliq qonunchiligini aholiga tushuntirish;
— tadbirkorlar bilan ishlash;
— soliq to‘lovchilar bazasini yangilash;
— yashirin iqtisodiyotning oldini olish;
— o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni qonuniylashtirish;
— murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.
⚖️ Mablag‘lardan foydalanish Prezidentning 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshirilayotgani o‘rganildi.
📍 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Jumladan, soliq prognozlarini to‘liq bajarish, soliq qarzdorligini kamaytirish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash hamda 2026-yil III chorak prognoz ko‘rsatkichlarining sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.