35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BUGUN AVTOMOBILSIZ KUN!
янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalar, mavjud muammolar va aholi manfaatlariga daxldor holatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
“MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/kengash_margilon/6388?single) 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida deputatlik o‘rganishi davomida Turon MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasida ayollar poyabzali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdullohning murojaati o‘rganilgan edi.
KENGASH QARORI IJROSI NAZORATDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Hududgaz Andijon” Andijon shahar gaz ta’minoti bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan taqdim etilgan axborot bo‘yicha Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 3-avgustdagi VII-20-59-1-29-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli xat yuborilgan edi.

Mazkur xat va Kengash qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil 26-avgustdagi 10/27-01-03/736-sonli javob xatida topshiriqlar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimga nisbatan belgilangan tartibda ogohlantirish berilgani ma’lum qilindi.

Kengash qarorlari ijrosining bunday tartibda nazorat qilinishi belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.