35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BUGUN AVTOMOBILSIZ KUN!
янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalar, mavjud muammolar va aholi manfaatlariga daxldor holatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
“MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/kengash_margilon/6388?single) 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida deputatlik o‘rganishi davomida Turon MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasida ayollar poyabzali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdullohning murojaati o‘rganilgan edi.
Kengash_faoliyati

Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi

Yig'ilish kun tartibida asosiy masala Senat markazi tomonidan berilgan topshiriqlar hamda Kengashlar tomonidan hafta davomida amalga oshirilayotgan Ish rejadagi vazifalar, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo'nalishi bo'yicha tavsiyalardan kelib chiqib, barcha deputatlar o'zlari saylangan saylov okruglarida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish, saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazish, 162 ta eng muhim qonunlar ijrosini o'rganish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kengaytirish orqali muammolarni o'rganish, chiqarilayotgan qarorlarning huquqiy asoslari to'g'riligi kabi masalalar muhokama qilindi.

Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari yo'l quyilayotgan kamchiliklar yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash kotibiyatlari xodimlari amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taklif, fikr-mulohazalarini bildirdi.

Slide 1 of 3