35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalar, mavjud muammolar va aholi manfaatlariga daxldor holatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
“MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/kengash_margilon/6388?single) 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida deputatlik o‘rganishi davomida Turon MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasida ayollar poyabzali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdullohning murojaati o‘rganilgan edi.
янв.21
EKOLOGIK QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
DEPUTAT — XALQ ISHONCHI VA MANFAATLARINING HIMOYACHISI

 DEPUTAT — XALQ ISHONCHI VA MANFAATLARINING HIMOYACHISI

✅ O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda vakillik organlarining o‘rni beqiyos. Ayniqsa, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi.
✅ O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni deputatlarning huquqiy maqomi, vakolatlari, huquq va majburiyatlari hamda deputatlik faoliyatining kafolatlarini belgilab beradi.
✅ Mazkur Qonunga ko‘ra, deputat avvalo saylovchilarning vakili sifatida ularning qonuniy manfaatlarini ifoda etishi, aholi bilan muntazam muloqot qilishi va hududdagi dolzarb masalalarni Kengash muhokamasiga olib chiqishi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

✅ DEPUTATLAR — JAMOATCHILIK ASOSIDA FAOLIYAT YURITADI
✅ Mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatining muhim jihatlaridan biri shundaki, ular o‘z deputatlik vakolatlarini, qoida tariqasida, jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
✅ Ya’ni deputatlik — alohida haq to‘lanadigan lavozim emas, balki xalq ishonchini ifoda etuvchi vakillik faoliyatidir. Deputat o‘zining asosiy mehnat faoliyati bilan bir qatorda, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish, Kengash majlislarida ishtirok etish, hududdagi muammolarni ko‘tarish va ularning yechimiga ko‘maklashish vazifalarini ham bajaradi.
✅ Jamoatchilik asosida ishlash deputatdan yuksak mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilikni talab etadi. Chunki deputatning faoliyati ortida saylovchilarning ishonchi va ularning qonuniy manfaatlari turadi.
✅ Shuning uchun deputat o‘z vakolatlaridan foydalanish bilan birga, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va muammolarni e’tiborsiz qoldirmasligi lozim.

✅ AHOLI BILAN MULOQOT — ASOSIY VAZIFA
✅ Deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — saylovchilar bilan yaqin muloqot o‘rnatishdir. Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etilishi ustidan nazorat olib borish deputatning jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini yanada oshiradi.
✅ Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar orqali hududdagi mavjud muammolar aniqlanadi. Deputat esa ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar oldiga qo‘yib, ijrosi yuzasidan amaliy natijaga erishishga intiladi.

✅ DEPUTATLIK SO‘ROVI — MUHIM NAZORAT VOSITASI
✅ Qonunda deputatning davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilish huquqi ham nazarda tutilgan.
✅ Deputatlik so‘rovi orqali muayyan hududdagi muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, davlat dasturlari va Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan zarur ma’lumotlarni olish mumkin.
✅ Bu mexanizm deputatning nazorat funksiyasini amalga oshirishida muhim ahamiyatga ega. Deputatlik so‘rovi nafaqat ma’lumot olish, balki muammoning yechimini izlash va mas’ul tashkilotlar e’tiborini dolzarb masalalarga qaratishning samarali vositasidir.

✅ DEPUTATNING HUQUQ VA MAS’ULIYATI
✅ Deputat o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida qonunchilikda belgilangan huquqlardan foydalanish bilan birga, muayyan majburiyatlarni ham bajaradi.
✅ Deputat Kengash va uning organlari majlislarida ishtirok etishi, o‘z saylov okrugidagi aholi bilan ishlashi, saylovchilarning manfaatlarini himoya qilishi hamda o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashishi lozim.
✅ Ayniqsa, deputatlarning jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi ularning xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshiradi. Chunki bu faoliyat moddiy manfaatdan ko‘ra, xalqqa xizmat qilish, hudud rivojiga hissa qo‘shish va saylovchilar ishonchini oqlash tamoyillariga asoslanadi.

✅ QONUN USTUVORLIGI — SAMARALI DEPUTATLIK FAOLIYATINING ASOSI
✅ Bugungi kunda mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik, aholi bilan muloqot va jamoatchilik nazoratiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»

Slide 1 of 1