Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
“SHIELI” OFYDA FUTBOL MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Shieli” OFYdagi futbol maydonchasi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida, avvalo, mahalla hududida yoshlar va bolalarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, futbol maydonchasining umumiy holati hamda undan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

⚽️ Shuningdek, futbol maydonining qoplamasi, darvozalari, to‘siqlari, xavfsizlik holati, yoritish tizimi va sport inventarlarining mavjudligi kabi masalalar ko‘zdan kechirildi. Maydonchaning yoshlar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi, undan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

👥 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu tavsiyalarda mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, sport maydonchalari hamda ularning jihozlari holatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha futbol maydonchasidan samarali foydalanish, uni muntazam saqlash va obodonlashtirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🏆 Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

🤝 Deputatlik nazorati — hududdagi muammolarni aniqlash, ularning yechimini ta’minlash hamda aholi, ayniqsa yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2