35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BUGUN AVTOMOBILSIZ KUN!
янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalar, mavjud muammolar va aholi manfaatlariga daxldor holatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
16-Ipak yo‘li saylov okrugida deputatlik nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
“MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishi o‘tkazilmoqda.
янв.21
MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/kengash_margilon/6388?single) 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida deputatlik o‘rganishi davomida Turon MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasida ayollar poyabzali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdullohning murojaati o‘rganilgan edi.
QONUNLARNI O‘RGANAMIZ!

QONUNLARNI O‘RGANAMIZ!

📚 Qonunlarni bilish — huquq va majburiyatlarni anglash, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda jamiyatda tartib-intizomni mustahkamlashning muhim omilidir.

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Qurilish, agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Maxammadiyev Raximqul Xoliqovich tomonidan faoliyat yo‘nalishiga oid quyidagi qonunlarni o‘rganish va targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda:

🔹 «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
(yangi tahrir), №662-II, 2004-yil 26-avgust.

🔹 «Veterinariya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
(yangi tahrir), №O‘RQ-397, 2015-yil 29-dekabr.

🔹 «Urug‘chilik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
№O‘RQ-521, 2019-yil 16-fevral.

🔹 «Yaylovlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
№O‘RQ-538, 2019-yil 20-may.
📌 Mazkur qonunlarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish qishloq xo‘jaligi, veterinariya, urug‘chilik va yaylovlardan samarali foydalanish, shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Qonunni bilish — huquqni bilish. Huquqni bilish esa fuqarolik mas’uliyatini anglashdan boshlanadi!


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1