35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI “MENING BOG‘IM” LOYIHASI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
“OCHIQ BUDJET”DA OVOZ YETARLI BO‘LMAGAN MUAMMOLAR HAM E’TIBORDAN CHETDA EMAS
янв.21
SHAHAR MARKAZIDAGI YEROSTI INSHOOTIDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TUTTAGI MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy Kengashlarning hududlardagi muammolarni o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
TUTTAGI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
IJTIMOIY TARMOQLARDA HAFTALIK FAOLIYAT
Deputatlik so‘rovi amaliy yechim topdi
📌 Bir murojaat — bir oilaga ko‘mak

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jo‘rayev tomonidan fuqarolar qabuli davomida “Tinchlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Xonkayevaning murojaati o‘rganilib, oilaga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktoriga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Murojaatda oilaning moddiy imkoniyati cheklangani, voyaga yetmagan farzandining ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda ko‘makka ehtiyoj mavjudligi, xususan, o‘quv mebellari va qo‘shimcha ta’lim xarajatlari bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan.

🔎 Murojaat o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga asosan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mas’ul xodimlari tomonidan fuqaro S. Xonkayeva oilasining ijtimoiy holati atroflicha o‘rganildi hamda oila a’zolari bilan bevosita suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish davomida oilaga avval ham bayramlar arafasida oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordamlar ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, oilaga amaldagi tartiblar asosida mavjud ijtimoiy ko‘mak choralaridan foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.

🤝 Deputatlik so‘rovi natijasida amaliy yordam belgilandi

Murojaat ijobiy yechim topib, fuqaro uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kiyim-kechak va o‘quv qurollari ajratish yuzasidan ariza kiritildi.

Natijada 14177866-sonli tavsiyanoma shakllantirilib, oilaga 2 million 60 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratish tavsiya etildi.

Mazkur holat deputatlik so‘rovining faqat rasmiy murojaat emas, balki fuqarolar muammosini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy natijaga yo‘naltirishning muhim vositasi ekanini ko‘rsatadi.

📍 Maqsad — murojaatni qabul qilish emas, uning yechimiga erishish.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlari yuzasidan olib borilayotgan ishlar davom ettirilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va qonuniy asosda amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari doimiy e’tiborda bo‘ladi.