35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI “MENING BOG‘IM” LOYIHASI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
“OCHIQ BUDJET”DA OVOZ YETARLI BO‘LMAGAN MUAMMOLAR HAM E’TIBORDAN CHETDA EMAS
янв.21
SHAHAR MARKAZIDAGI YEROSTI INSHOOTIDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TUTTAGI MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy Kengashlarning hududlardagi muammolarni o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
янв.21
TUTTAGI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
IJTIMOIY TARMOQLARDA HAFTALIK FAOLIYAT
ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI


Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyalari yig‘ilishida shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglanib, mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishida shahar hududidagi ichki yo‘llarning holati, ularni saqlash va joriy ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama markazida bo‘ldi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-sonli qarori asosida 2026-yil uchun dastlabki manzilli dastur tasdiqlangan.

Mazkur dasturda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda Xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot taqdim etib borish mas’ul tashkilot zimmasiga yuklatilgan.

Doimiy komissiya yig‘ilishida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Qodirov tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l infratuzilmasida mavjud muammolar yuzasidan batafsil hisobot berildi.

Hisobot deputatlar tomonidan shunchaki tinglab qo‘yilmadi. Unda keltirilgan ma’lumotlar, bajarilgan ishlarning sifati, manzilli dastur ijrosi hamda hududlarda saqlanib qolayotgan kamchiliklar yuzasidan qator savollar o‘rtaga tashlandi. Mas’ullardan aniqlangan muammolar bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirishlar so‘ralib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlarining sifatini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilishning muhim jihatlaridan biri — muhokamalarda jamoatchilik va ekspertlar fikriga ham alohida e’tibor qaratilgani bo‘ldi. Doimiy komissiya raisi E.Yunusov kotibiyat mudiri A.Ermatov, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi a’zosi Z.Yakubova, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov hamda “MADAD” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilovning yig‘ilishdagi ishtirokini alohida ta’kidlab, ularning fikr va takliflari muhokama qilinayotgan masalalarni yanada chuqurroq va har tomonlama ko‘rib chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Xususan, “MADAD” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, muhokama etilayotgan masalalarga huquqiy jihatdan yondashish va tegishli takliflarni ilgari surdi.

Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov ham so‘zga chiqib, doimiy komissiya yig‘ilishi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi hamda tegishli takliflarini ilgari surdi.

Umuman, yig‘ilishda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash masalasi faqat bajarilgan ishlar ko‘lami nuqtayi nazaridan emas, balki ularning sifati, manzilliligi, samaradorligi va fuqarolar uchun amaliy ahamiyati jihatidan ham atroflicha tahlil qilindi.

Doimiy komissiyalarning bunday ochiq va tanqidiy muhokamalari deputatlik nazoratini kuchaytirish, mas’ul tashkilotlarning belgilangan vazifalar ijrosidagi mas’uliyatini oshirish hamda shahar yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9