Maktab va aholi xonadonlari bitta, eskirgan va quvvati yetarli bo‘lmagan transformatorga ulangan. Bu holat, ayniqsa, sinfxonalarda elektr kuchlanishining pastligi sababli ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
So‘rovda maktab elektr tarmoqlarini yangilash, zarur montaj ishlarini amalga oshirish hamda eskirgan transformatorni almashtirish yoki maktab uchun alohida, yetarli quvvatdagi transformator o‘rnatish choralarini ko‘rish so‘raldi.
Masala deputatlik nazoratiga olindi. Ko‘rilgan choralar yuzasidan belgilangan tartibda 10 kun muddatda ma’lumot taqdim etilishi so‘raldi.