35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar xiyobonidagi yashil hududlar holati deputatlik nazoratida
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasi tarkibi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Bugun 27-avgust, Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputati Abdurahmonova Matlyubaxon Umardjanovna 25-Orolbo‘yi saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazadi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Bugun 25-avgust, Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputati Akbarova Nargizaxon Qaxxorovna 11-A.Navoiy saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazadi.
Mustaqillik bayrami oldidan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿  🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35

Mustaqillik bayrami oldidan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

🇺🇿 Uchtepa tumanidagi Yu.Sakkokiy mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan murjaatga asosan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari, “13-Uchtepa” saylov okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan joyiga chiqib o'rganildi.

🕯 Mas'ul idoralar bilan gaplashib Mustaqillik bayrami oldidan mahalladagi joyida tozalik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla hududining sanitariya holati, ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarining obodonligi, hududlarni bayramona ko‘rinishga keltirish borasida olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

🇺🇿 Mustaqillik bayramini munosib kutib olish — yurtimizga, mahallamizga bo‘lgan hurmat va daxldorlik ifodasidir. Shu bois hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratish muhim vazifalardan biridir.

📈 Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

✨ Obod mahalla — farovon hayot garovi!

🇺🇿 Yurtimiz tinch, mahallalarimiz obod, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Slide 1 of 4