35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar xiyobonidagi yashil hududlar holati deputatlik nazoratida
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasi tarkibi
янв.21
Bugun 27-avgust, Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputati Abdurahmonova Matlyubaxon Umardjanovna 25-Orolbo‘yi saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazadi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Bugun 25-avgust, Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi deputati Akbarova Nargizaxon Qaxxorovna 11-A.Navoiy saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazadi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🇺🇿 35 YIL — TINCHLIK, BUNYODKORLIK VA YUKSALISH YO‘LI: SHEROBODDA MUSTAQILLIK BAYRAMI KENG NISHONLANDI🎉

Sherobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan katta bayram tantanasi ko‘tarinki kayfiyat va yuksak shukuhda nishonlandi.

Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Raisi O.Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari ham ishtirok etdi.

➡️ Tantanali tadbir avvalida Sherobod tumani hokimi Usmon Alimov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z tabrigida yurtimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, xalqimiz hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar va erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi.

🏗 Xususan, Sherobod tumanida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, zamonaviy ijtimoiy obyektlarning barpo etilayotgani, ta’lim muassasalari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar alohida ta’kidlandi.

➡️Tuman hokimi o‘z nutqida bugungi tinch va farovon hayotimizning qadriga yetish, Vatan ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, yosh avlodni yurtparvarlik ruhida tarbiyalash barchamizning ezgu burchimiz ekanini qayd etdi.

➡️Shundan so‘ng bayram tadbiri tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan rang-barang badiiy-musiqiy dastur bilan davom etdi. Sahna uzra yangragan kuy-qo‘shiqlar, nafis raqslar va ijodkorlarning chiqishlari bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

➡️Bayramning eng kutilgan mehmonlaridan biri — taniqli san’atkor Janob Rasul Sherobod ahliga o‘zining tashrifi bilan xush kayfiyat ulashdi. U o‘zining mashhur kuy-qo‘shiqlarini jonli ijroda kuylab, yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Uning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi.

🎶 Jonli ijro, jo‘shqin musiqa va bayramona chiqishlar uyg‘unligida kechgan tadbir Sherobod ahliga unutilmas taassurotlar ulashdi. Ayniqsa, yoshlar va san’at ixlosmandlarining faol ishtiroki bayramga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

🇺🇿 35 yil — bu shunchaki sana emas. Bu ozod va erkin hayot, tinch osmon, bunyodkorlik, taraqqiyot va kelajakka bo‘lgan ishonch timsolidir.

➡️ Mustaqillik bayrami munosabati bilan yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizda fayz-u baraka, xalqimizga sihat-salomatlik va farovonlik tilandi.

🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning yangi marralari sari birgalikda!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🎉

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 8