Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Karimov tomonidan viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
📍 Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A. Ermatov, bosh mutaxassislar Z. Yakubova va N. Akbarova ishtirok etdi.
💬 Yig‘ilishda kotibiyatlarning o‘tgan haftadagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda sarhisob qilinib, amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, navbatdagi sessiyalarga tayyorgarlik ko‘rish, masalalarni joylarda sifatli o‘rganish, aniqlangan muammolar yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish hamda deputatlar va “Mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🗓 Yangi hafta uchun kotibiyatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinib, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etishga alohida e’tibor qaratildi.