O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-26-21-10-138-K/26-sonli qarori bo‘yicha “Katta chinor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar kotibiyat mudiri G. Tursunova tomonidan o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish, hududdagi obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, umumiy foydalanishdagi hududlarni saqlash borasida olib borilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.
♻️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.