35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputatlik nazorati

O‘rganish natijasida murojaat ijobiy hal etildi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida Bogʻchasaroy ko‘chasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida hududdagi maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi ko‘tarilgan edi.

Mazkur murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rildi. Natijada Bogʻchasaroy ko‘chasidagi maishiy chiqindilar olib chiqilib, hududning sanitariya holati yaxshilandi.

Fuqarolar murojaatlarining qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishi joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar va deputatlik nazoratining amaliy samarasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4