🤝Bayovut tumani va Shirin shahar Mahalliy kengashlari o‘rtasida tajriba almashildi
✅Xalq deputatlari Bayovut tuman Kengashi hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi o‘zaro tajriba almashish uchrashuvini o‘tkazdi.
🗞Uchrashuv davomida tomonlar deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qildilar.
🖊 Shuningdek, Alisher Navoiy mahallasida olib borilayotgan islohotlar bilan ham yaqindan tanishib, ularning amaliy natijalarini yuqori baholadilar.
⭐️Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.